Android dasturlash

Hozirgi kunda dunyo aholisining deyarli barchasi mobil qurilmalarga ega ekanligi hammaga ma’lum. Bu qurilmalarning juda katta qismi Android tizimida ishlaydi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda aqlli qurilmalar (smart devices)ning 80% dan ortiq qismi Android tizimida ishlaydi. Android tizimi keng imkoniyatli, dasturchilarga qulay, bepul va albatta ochiq kodlidir.


Android operatsion tizimi — Linux yadrosida yaratilgan portativ (tizimli) operatsion tizim bo‘lib, kommunikatorlar, planshetli kompyuterlar, elektron kitoblar, raqamli pleyerlar, qo‘l soatlari, netbuklar, smartbuklar va smartfonlarda ishlaydi. Google tomonidan sotib olingan Android Inc. kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Keyinchalik Google tizim rivojlanishi bilan shug‘ullanadigan Open Handset Alliance (OHA) ittifoqini tuzdi.

2012 yilning 3-choragida sotilgan smartfonlarning 75 %ida Android operatsion tizimi o‘rnatilgan edi. Bugungi kunga kelib 50 milliarddan ortiq Android ilovalari ro‘yxatga olingan. Bu Android tizimida ishlaydigan qurilmalarning ko‘pligi va ular uchun ilovalarga talablarning yuqoriligini ko‘rsatadi. AQShning barcha shaharlaridagi Android dasturchilari uchun yillik maosh o‘rtacha 68 000$ – 82 000$oralig‘ida qilib bergilangan. O‘zbekiston sharoitida Siz boshqalar uchun dasturlarni yozib berish bilan tajribangizga qarab oylik $500 – $2 000 va unda ham ko‘proq topa olasiz.