Ingliz tili
Bugungi kunda dunyoda taxminan 1,5 milliard kishi ingliz tilida gaplashadi. Eng ko’p o’qitiladigan til bo’lgan ingliz tili boshqa tillarni almashtirmaydi, balki ularni to’ldiradi.
"In England everything is the other way round."
— George Mikes
Sizning e’tiboringizga ingliz tiliga tegishli bir nechta qiziqarli faktlarni taqdim etamiz:
-
90 mamlakatda ingliz tili ikkinchi til yoki keng o’rganilmoqda.
-
Gonkongda o’nta o’rta maktabning to’qqiztasida o’quvchilarlar ingliz tilini o’rganishadi.
-
Fransiya davlatining o’rta maktablari o’quvchilarga to’rt yil davomida ingliz yoki nemis tillarini o’rganishni talab qiladi, aksariyat kamida 85% - ingliz tilini tanlaydi.
-
300 million xitoyliklar (AQShning butun aholisidan ko’proq) ingliz tilini o’rganishmoqda.
-
Yaponiyada talabalar o’rta maktabni bitirmasdan oldin olti yil davomida ingliz tilini o’rganishlari kerak.
-
Bolalar uchun chet tillarini o’rganish majburiy bo’lgan Rossiyada ko’pchilik ingliz tilini o’rganadilar.
-
Norvegiya, Shvetsiya va Daniyada ingliz tilini o’rganish talab qilinadi. Buyuk Britaniyani hisobga olmaganda, barcha Yevropa davlatlari orasida Gollandiya ingliz tilini biladiganlar soni bo’yicha birinchi o’rinda turadi. Portugaliya Yevropa hamjamiyatiga qo’shilganidan beri, ingliz tili darslariga bo’lgan talab fransuz sinflariga bo’lgan talabga qaraganda kuchli.
D. Kristalning ta’kidlashicha, ilgari hech qachon odamlar shunchalik ko’p va sayohat qilishmagan va bundan oldin har xil xalqlar o’rtasida biznes va madaniy aloqalar bunchalik ko’p bo’lmagan. Shu sababli global til bo’lgan, ingliz tilini chet tili sifatida o’rganish tobora ommalashib bormoqda.