Python – bu nihoyatda mashhur, ommabop, zamonaviy, kuchli skript
dasturlash tili bo’lib, boshlang’ich o’quvchilar o’rganishlari uchun
oson start taklif qiladi.
Python-ning ajralib turadigan xususiyati – ishlatish uchun qulay
sintaksis. Bu boshlang’ich o’quvchilar uchun ham, IT sohasida
yo’nalishni o’zgartirmoqchi bo’lganlar uchun ham ideal dasturlash
tili.
Ko’p IT-Kompaniyalar hatto boshlang’ich Python dasturchilarni ham,
pullik ish uchun olishga tayyor. Python, boshqa dasturlash tillariga
qaraganda, ko’proq talabga ega.
Nisbatan o’rganish osonligiga qaramay, Python sizga turli xil
muammolarni echishga va juda murakkab kodlarni yozishga imkon
beradi.
Source Code
# This program prints Hello, world!
print('Hello, world!'
)
Output
Hello, world!
Python – sodda, lekin turli sohalarda ish beradigan kuchli dasturlash
tili.
Python – universal, shuning uchun turli sohalarda ishlatilishi mumkin.
Masalan: Android va iOS uchun mobil ilovalar ishlab chiqarish,
Windows, MacOS va Linux uchun dasturlash ishlashga, Web-Dasturlashga
va boshqa turli sohalarda.
Python ishlatib bo’lmaydigan dasturlash masalasini topish qiyin.
Kompyuter Uchun Dasturlash (Windows, MacOS, Linux)
Mobil Dasturlash (iOS va Android)
O’yinlar Yaratish
Web – Dasturlash
Istagan Masalaga Skript
Matematik Misollar Uchun
Katta talab bugun Python – dasturlash tillar ichida eng katta talabga
ega til deb hisoblanadi. 2018 va 2019 yil reytinglariga ko’ra, Python
TOP-3, TOP-5 eng katta talabga ega tillar reytingiga kiradi.